O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so‘rab olish uchun quyidagi hujjatlarni bir nusxada pochta orqali Bosh konsulxonaga yuborish lozim:
1. Bosh konsulxona nomiga ariza (kerakli shaklni chop etish);
2. So`rovnoma to‘ldiriladi. Elektron tizimga barcha zarur ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, anketa chop etiladi, ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va to‘ldirilgan sana ko‘rsatiladi;
Ko‘rib chiqish uchun faqat har bir band bo‘yicha to‘liq, batafsil va ishonchli ma’lumotlar kiritilgan anketalar qabul qilinadi. Bunda familiyasi, ismi va otasining ismi, shu jumladan tug‘ilgan paytdagi familiyasi, ismi va otasining ismi ham to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
Elektron tizimda ma’lumotlarni to‘ldirish jarayonida ariza beruvchi belgilangan talablarga muvofiq barcha zarur tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart. Xususan, agar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi takroriy guvohnomani taqdim etish talab etilsa, ushbu hujjatni ilova qilish majburiy hisoblanadi.
Elektron tizimga to‘liq kiritilmagan ma’lumotlar, shuningdek, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmasdan ariza beruvchiga qaytariladi.
3. Pasport va barcha sahifalarining nusxasi (qayerda yozuv va muhr bo‘lsa);
4. Yashash qonuniyligi hujjati nusxasi (Dokument über die Rechtmäßigkeit des Aufenthalts);
5. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (ushbu hujjat takroran so‘rab olinayotgan taqdirda);
6. Belgilangan miqdordagi konsullik yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – 30 yevro
- Chet el fuqarolari uchun – 70 yevro
MUHIM MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining arxiv muassasalaridan hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olish tartibi hamda uning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Tug‘ilganlik, tug‘ilgan sana va joy, shuningdek, ariza beruvchining ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli arxiv muassasalaridan olingan arxiv ma’lumotlari asosida taqdim etiladi.
Quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:
1. Arxiv hujjatlari va ma’lumotlarini taqdim etish
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining mavjud arxiv yozuvlari asosida beriladi. Bosh konsulxona arxiv yozuvlariga o‘zgartirish kiritmaydi hamda arxiv hujjatlarida ko‘rsatilgan familiya, ism va otasining ismini ariza beruvchi tomonidan boshqa davlatda o‘zgartirilgan yangi shaxsiy ma’lumotlarga almashtirmaydi.
2. Shaxsiy ma’lumotlardagi tafovutlar
Bosh konsulxona O‘zbekiston Respublikasi arxiv yozuvlarida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar bilan ariza beruvchining amaldagi hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovutlar uchun javobgar hisoblanmaydi.
3. Apostil qo‘yish
Bosh konsulxona O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlarga apostil qo‘yish vakolatiga ega emas.
Hujjatlarga apostil qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi hududida, belgilangan qonunchilik tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. So‘ralgan hujjatlarning arxivlarda mavjud emasligi
Agar so‘ralgan hujjat O‘zbekiston Respublikasining arxiv muassasalaridan aniqlanmasa, ariza beruvchiga so‘ralgan hujjat yoki tegishli ma’lumotlarning arxiv fondlarida mavjud emasligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma yuboriladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolardan hujjatlarni so‘rab olish uchun murojaat qilishdan oldin ushbu ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlarini, ayniqsa, ariza beruvchining familiyasi, ismi yoki otasining ismi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘zgartirilgan hollarda bunga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Shuni ma’lum qilamizki, to‘langan konsullik yig‘imi so‘rovni ko‘rib chiqish natijalaridan qat’i nazar, shu jumladan, so‘ralgan hujjatlar yoki ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining arxiv muassasalarida mavjud bo‘lmagan taqdirda ham qaytarilmaydi.
Bosh konsulxonaning bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse
Frankfurt am Main
Kontonummer 141055100
BLZ 51050015
IBAN DE08510500150141055100
BIC NASSDE55XXX